info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Yoshlar orasida giyohvand vositalarni tarqalishiga qarshi kurash oyligi

Joriy yilning 1 fevralidan 1 martiga qadar ichki ishlar vazirligi tomonidan “Yoshlar orasida giyohvand vositalarni tarqalishiga qarshi kurash oyligi” deb e’lon qilingan.Shu munosabat ,bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida professor-o’qituvchilari, ishchi-xodimlar va talabalari o’rtasida uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvga Urganch shahar IIB xodimi T.Ataniyozov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Urganch shahar Kengashi xodimi X.Davletov, Ozbekiston musulmonlar idorasi Miskinbobo masjidi imomi Q.Masharipov, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyat bo’limi vakili Z.SHeniyozovlar tashrif buyurdilar. Uchrashuvni o’tkazishdan maqsad , yoshlarning huquqlarini himoya qilish,ular o’rtasida qarovsizlik,huquq buzarlik va jinoyatchilikka barham berish, turli korinishdagi noxush holatlarga yo’l qo’ymaslik, yoshlarni diniy ekstremistik kuchlar ta’siriga tushmaslik, giyohvandlik illatlari hamda g’arbdan kirib kelayotgan “ommaviy madaniyat ” ta’siriga tushib qolmaslikni oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borish.

admin | 08-02-2019 | 1873