info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Ta’lim muassasalarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari ” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi Tadbirni O’quv va tarbiyaviy ishlar boyicha direktor o’rinbosari A.Reyimberganov kirish sozi bilan ochib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Korrupsiyaga qarshi kurashish to’grisida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarori va ushbu qaror bilan tasdiqlangan Davlat dasturi qabul qilinganligi haqida to’xtalib o’tdi. Tadbirda Davlat xavfsizlik xizmati Xorazm viloyati bo’limi xodimi SH.Atajanov, viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi xodimi R. Ismatov, Ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo’limi xodimi SH. Masharipovlar o’z ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Shuningdek tadbirda, filial professor-o’qituvchilari, ishchi-xodimlari ishtirok etib, mutaxassislar tomonidan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, berilgan ma’lumotlar uchun minnatdorchilik bildirdilar.

admin | 08-02-2019 | 2782