info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

«Tinchlik-oliy ne’mat», «Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida «Tinchlik – oliy ne’mat», « Islomda ekstremizm va terrorizmga o’rin yo’q» mavzularida katta tadbir bo’lib o’tdi

Mavzu yuzasidan so‘zga chiqqan mutaxassislar  tinchlik  eng ulug' va oliy ne'mat ekanligini ,  tinchlikni asrash faqat chegara posbonlari yoxud bu ishga bevosita mutasaddi idoralarning vazifasi emasligini, balki, u yurtimiz rivoji, taraqqiyoti, istiqlolimizu istiqbolimizga munosib hissa qo'shishimiz, Vatanini sevaish, kindik qoni to'kilgan muqaddas zaminni ardoqlashimiz, himoya qilish  farzandlarning, hammamizning burchimiz ekanini ta’kidlab o‘tdiiar.

O'zbek xalqi azaldan tinchlikparvar, obod va farovon hayot sari intilgan va kurashgan xalqdir. Chunki tinchlik bor joyda rivojlanish, ertangi kunga ishonch bo'ladi. Tinch yurtdagina o'g'il-qizlarning taqdiri, ularning orzu-intilishlariga imkon beriladi, iste'dodi yuzaga chiqadi, ilm-fan, sport, madaniyat, umuman, barcha sohada yuksak natijalarga erishib, dunyoga tanilishiga zarur sharoit yaratiladi. Yurtimiz va xalqimizning  ravnaqini saqlab qolish har birimizning Vatan oldidagi burchimizdi.

admin | 26-01-2019 | 2846