info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

O'quv va tarbiyaviy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari

 

Reyimberganov Anvar Aknazarovich

Telefon: (+99862)-224-61-45

e-mail: admin@ubtuit.uz

Qabul kunlari: Dushanba soat 15:00 dan 17:00 gacha, Payshanba 14:00 dan 16:00 gacha

Lavozim vazifalari

- O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
- Davlat ta'lim standartlari asosida o'quv, ilmiy, moliyaviy va ma'naviy-tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta'minlash;
- Davlat ta'lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan talablar majmuasini dekan va barcha bo'limlar, kafedra mudirlari va pedagog o'qituvchilarning to'liq bilishini ta'minlash;
- Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko'rsatmalarini, o'quv вa tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo'yicha OTMsi Ilmiy kengashi qarorlari va direktor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
- Ilg'or mamlakatlar ta'lim tizimining rivojlanish tendentsiyalarini o'rganish, Ta'lim to'g'risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa ta'limga oid qonunlarda
- ko'rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va
ularning amalga oshirilishini ta'minlash;
- O'quv-tarbiya jarayonida o'qitishning ilg'or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o'qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
- Faoliyat yo'nalishi bo'yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
- O'quv jarayonini ta'minlaydigan bo'limlar, dekanat ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
- Bo'limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
- O'tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o'qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta'minlash;
- O'quv va ilmiy konferentsiyalarni tashkil etish, OTMsi uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg'or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
- O'quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to'plamlarini OTM xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda OTMning barcha ta'lim va ilmiy faoliyat yo'nalishlari bo'yicha o'quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to'ldirib turish bo'yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
- Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko'maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug'bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
- Professor-o'qituvchilar va o'quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo'yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo'limlarni malakali kadrlar bilan ta'minlash ishlarini tashkil etish;
- Bo'sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, professor-o'qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
- O'quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
- Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko'rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha takliflar tayyorlash;
- Ta'lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta'minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo'yicha takliflar tayyorlash;
- Kafedralar, fakultet va bo'limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o'tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o'qituvchilarning o'quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
- Oliy ta'lim muassasalari bilan o'quv-uslubiy yo'nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferentsiya, seminarlarda professor-o'qituvchilarning faol ishtirokini ta'minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
- O'rnatilgan tartibda oliy ta'lim muassasasining yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
- Oliy ta'lim muassasasini o'rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o'tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o'tkazishda faol ishtirok etish.

 

Biografiya

 

1998 -

2002 йиллар

  Урганч давлат университети талабаси  

2002 -

2003 йиллар

  Урганч давлат университети математика факультети услубиёт хонаси мудири  

2003 -

2005 йиллар

  Урганч давлат университети магистранти  

2005 -

2006 йиллар

  Урганч давлат университети математик физика ва амалий математика кафедраси ассистенти  

2006 -

2009 йиллар

  Урганч давлат университети аспиранти  

2009 -

2013 йиллар

  Урганч давлат университети информатика ва ахборот технологиялари кафедраси ассистенти  

2013 -

2013 йиллар

  Урганч давлат университети амалий математика ва математик физика кафедраси ассистенти  

2013 -

2017 йиллар

  Тошкент ахборот технологиялари университети Урганч филиали ахборот технологиялари кафедраси мудири  

2017

13 октябрда 

  Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологилари университети Урганч филиали ўқув ва илмий ишлари бўйича директор ўринбосари

superadmin | 27-10-2017 | 1781