info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Kompyuter injiniringi fakulteti dekani

 

 

Allaberganov Odilbek Raximovich

Telefon: (8 362) 224-61-28

 

Lavozim vazifalari:
• Fakultet dekanatining faoliyatini va xodimlarini umumiy boshqarish;
• Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, o’quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalar, o’quv dasturlar bajarilishini ta’minlash;
• O’quv mashg’ulotlarini o’tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, talabalarning o’zlashtirishi va davomati tekshirib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish:
• Talabalarning kursdan kursga o’tkazish to’g’risida buyruqlar loyihasini tayyorlash;
• Talabalarga stipendiya berilishi to’g’risidagi taqdimnomani tayyorlash;
• Talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
• Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo’yicha olimpiadalar, turli jamg’armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatna-shishga tayyorlash;
• Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o’qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish;
• Fakultet tarkibidagi ta’lim yo’nalishlariga taalluqli darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;
• Yangi informatsion texnologiyalarni o’quv jarayoniga keng tatbiq etilishini, professor-o’qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta’minlash;
• Ilmiy va ilmiy uslubiy konferentsiyalar, kafedralararo yig’ilishlar,
fakultet professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o’z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o’tkazish;
• Oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo’yicha mavjud va istiqbol ehtiyojni o’rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o’rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;
• Turdosh oliy va o’rta-maxsus ta’lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish;
• Fakultet miqyosida mustaqil ravishda qo’shimcha ta’lim xizmatlari ko’rsatishni tashkil etish (o’z hisob raqamiga ega bo’lgan alohida «Markaz», «Kurs» va sh.k.), grantlar, investitsiyalar jalb etish, bunda fakultet professor-o’qituvchilari va talabalarining faol ishtirokini ta’minlash;
• Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish:
• Vakolati doirasida murojaatlarni ko’rib chiqish.

Fakultet 2005-yilda tashkil qilingan. Axborot texnologiyalari bo`yicha kadrlarni tayyorlashda yetakchi hisoblanadi. 2013 yil 2 sentabrdan Kompyuter injiniring fakulteti deb nomlangan.

admin | 12-12-2017 | 1584