info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Xorijiy hamkor Primorska universitetidan yuqori malakali o‘qituvchi dars mashg‘ulotlarini olib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli va 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-3775-sonli qarorlarida har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish masalari vazifa qilib qo‘yilgan.

Mazkur qarorlarda belgilangan vazifalardan kelib chiqib 2018 yil 9-13 sentyabr kunlari Primorska universiteti (Sloveniya), Matematika fakulteti, Natural Sciences and Information Technologies kafedrasi professori Branko Kavshek Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali Kompyuter injiniring fakulteti “Kompyuter injiniring” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalariga “Introduction to Data Mining and Machine Learning” ixtisoslik fanidan 18 soat dars mashg‘ulotlarini o‘tishga jalb qilindi.

 

Xorijlik professor yuqori saviyada munosib kutib olindi, 2018 yil 10-13 sentyabr kunlari Kompyuter injiniring ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari dars jadvallarini 18 soatga mo‘ljallab muvofiqlashtirildi, dars mashg‘ulotlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Talabalar xorijlik mutaxassis mashg‘ulotlariga katta qiziqish bilan qatnashishdi. Shuningdek talabalar, magistrantlar, fakultet yosh o‘qituvchilarini ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazish o‘tkazildi. Primorska universiteti bilan kelgusida o‘quv va ilmiy maqsadlarda xamkorlik qilish, magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o‘tashlari, professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish kabi istiqbollari muxokama qilindi.

admin | 14-09-2018 | 388