info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Test sinovlari natijalari e'lon qilindi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyundagi “2018G’2019 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish to’g’risida”gi PQ-3769-son qaroriga asosan TATU Urganch filialiga 6 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va 2 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kvota ajratilgan.

Filialning 2018-2019 o’quv yili qabulida 6 ta bakalavriatura ta’lim yo’nalishlariga 15.08.2018 sana xolatiga jami 1423 nafar abiturientlardan arizalar qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 7 iyuldagi 2-son bayoni bilan TATU Urganch filialiga 2 ta (5330502-Kompyuter injiniringi (AT servis) va 5350101-Telekommunikatsiya texnologiyalari (Telekommunikatsiyalar)) bakalavriatura ta’lim yo’nalishlariga sirtqi ta’lim uchun 100 ta o’ringa kvotalar ajratildi. Sirtqi ta’lim uchun abiturientlardan arizalar 2018 yil 10 iyuldan joriy yilning 31 iyuligacha qabul qilinadi. Sirtqi ta’lim bo’yicha jami 512 nafar abiturientlardan arizalar qabul qilindi.

Abiturientlardan test sinovlari 1-2 avgust kunlari Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida bo’lib o’tdi. Test sinovlari natijalari e’lon qilindi.

Sirtqi ta’lim yo’nalishlari uchun test sinovlarini o’tkazish joriy yilning 20 avgustidan keyinga rejalashtirilgan.  

 

admin | 04-08-2018 | 578