info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Kadrlar tayyorlash tizimi takomillashmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarori asosida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va uning Buxoro filiali, tarkibidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va akademik litseylari bilan birgalikda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga o’tkazildi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining 2018 yil 8 maydagi Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarori asosida Toshkent davlat agrar universiteti, uning filiallari tarkibidagi akademik litseylari bilan birgalikda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga berildi. Andijon qishloq xo’jaligi instituti negizida Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali tashkil etildi. 

Prezidentimizning 2018 yil 8 maydagi Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish to’g’risidagi qaroriga ko’ra Samarqand qishloq xo’jaligi instituti negizida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etildi hamda institut va uning qoshidagi akademik litsey Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga o’tkazildi. 

Yana bir muhim jihati, 2018G’2019 o’quv yilidan boshlab ushbu yo’nalishdagi oliy ta’lim muassasalari hamda ularning filiallarida tegishli magistratura mutaxassisliklariga qabul O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun to’liq davlat granti asosida amalga oshiriladi. Bu yo’nalishda nazariya va amaliyot mutanosibligiga ham alohida e’tibor qaratildi. 

Mazkur qarorlar mamlakatimiz qishloq va suv xo’jaligi sohasida yuqori malakali, zamon talabiga mos oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirishni ko’zda tutadi. 

 

Manba: uza.uz

admin | 25-05-2018 | 1264