info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Mardlik, burch va sadoqat

 

 

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg'usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.

Qadr – insonni yuksaklikka ko'taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag'ishlaydi.

Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o'z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni ezozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag'rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.

 “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan 2017 yil 4 may kuni “Dasturiy injiniring” kafedrasi katta o’qituvchisi R.Abrarov va “Kompyuter injiniringi” ta’lim yо‘nalishi 913-16, 914-16 guruh talabalari front orti mehnat faxriysi Qo’shko’pir tumanida istiqomat qiluvchi Madraximov Davlat, Axmedov Nurjonlarning xonadonlariga tashrif buyurishdi.

Tashrifdan xursand bо‘lgan mehnat faxriylari mehmonlarga urush davri qiyinchiliklarini, front orti zahmatlarini kо‘zida yosh bilan sо‘zlab berdi.

 5 may sanasida "Kompyuter injiniringi" fakulteti 912-15 guruhi talabalari Xozarasp tumanida istiqomat qiluvchi  1941-1945 yillar urush qatnashchisi  Q.Abdiyev  xonadoniga tashrif buyurishdi.

 

admin | 05-05-2018 | 1093