info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

“Muhammad al-Xorazmiy izdoshlari” mavzusida ilmiy-texnikaviy anjuman

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 martdagi PQ-2834 sonli “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroridan kelib chiqadigan vazifalarning ijrosini ta’minlashhamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali “Dasturiy injiniringi” kafedrasi texnika fanlari nomzodi dotsent Firnafas Yusupovning 70 yoshga to’lishi munosabati bilan 2018 yil 27-28-aprel kunlari “Muhammad al-Xorazmiy izdoshlari” mavzusida ilmiy-texnikaviy anjumani o’tkaziladi. 
Anjuman quyidagi sho’’balarda ish olib boradi:
1-sho’ba. Tabiiy va aniq fanlar rivojlanishining dolzarb muammolari.
2-sho’ba. Ta’lim tizimiga innovatsion, pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarinijoriyetish muammolari.
3-sho’ba. Axborot texnologiyalari va elektron hukumat tizimining zamonaviy muammolari.
4-sho’ba. Ishlab chiqarish, texnologik jarayonlarni matematik modellashtirish, algoritmlash va dasturiy vositalarini yaratish.
5-sho’ba. Telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlarining rivojlanish tamoyillari.
6-sho’ba. Muqobil va qayta tiklanuvchan energiya manbalariniyaratishning ilmiy amaliy asoslari.
Anjuman tillari: o’zbek, rus, ingliz tillar.
Anjumanga taqdim etiladigan maqolalarga qo’yiladigan talablar: 
1. Anjuman materiallari bir nusxada va elektron shakllarda (elektron pochta orqali): maqola(Sobirov_sho’’ba nomeri) ko’rinishida jo’natilsin. 
2. Maqolani tayyorlash Word 2003, 2007 formatidaTimes New Roman, 14 kegl, satrlar oralig’i 1,5 sm, sahifalar yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 va o’ngdan 1,5 sm qoldirilgan xolda bo’lishi shart.
3. Birinchi qatorda, sahifaning o’rtasida bosh va qalin harflar bilan maqolaning nomi, 2- qatorda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, muallifning ish joyi, 1.5 interval tashlab matn yoziladi.
4. satr boshi -1,25 sm, satrlarni eniga to’g’rilash, so’zlarni boshqa qatorga ko’chirish –avtomatik tarzda bo’lishi lozim.
5. Adabiyotlar ro’yxati asosiy matnda foydalanilish tartibida ko’rsatilishi lozim, ya’ni [1], yoki [1, str.35] ko’rinishida
6. Taqdim etilayotgan maqolalar hajmi 3-5 bet bo’lishi mumkin. 
Anjumanning tashkiliy badaliva materiallar to’plamining nashr harajatlari uchun har sahifasiga 10 000 so’m deb belgilangan. Anjumanda faol qatnashgan ishtirokchilar “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi tezis” nominatsiyalari bo’yicha sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.
Berilgan maqolalar taqrizchilar tahlilidan o’tadi. Konferentsiya mavzusi va nashr etish talablariga javob bermaydigan maqolamatnlari qabul qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi.
Talablarga javob bermaydigan va kechikib topshirilgan ishlar anjuman materiallariga kiritilmaydi. Anjuman qatnashchilari tashkiliy qo’mitaga 3 tadan ortiq bo’lmagan maqola materiallarini topshirishi mumkin. Maqolada mualliflar 3 tadan ortiq bo’lmasligi kerak.
Tashkiliy qo’mita manzili: Anjuman materiallari va talabnomalar 2018 yil 31 martgacha quyidagi elektron manzil orqalie-mail:conf2018@ubtuit.uz,qabul qilinadi (Urganch sh., AL-Xorazmiy, 110 uy, Indeks: 220100. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi 205 xona, Telefonlar (+998 62) 224-61-32, 224-61-45, faks: (+998 62) 224-61-32) Sh.K. Ismailov, T. O. Raximov (+99894) 637-37-87.
Tashkiliy badal va nashr harajatlari uchun to’lov redkollegiya tomonidan maqola va tezislar nashrga tavsiya etilgandan so’ng qabul qilinadi. Bu haqda muallifga elektron manzili yoki telefoni orqali xabar qilinadi.

admin | 23-03-2018 | 299

Ilmiy-uslubiy seminar
2014-12-03 1442