info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali direktori

admin | 27-10-2017 | 1220

Xoitmetov Umid Azadovich


Telefon: (+99862)-224-61-32
E-mail: tatuufdevonxona@inbox.uz

Fuqarolarni qabul qilish kunlari: 
Har xaftaning Seshanba kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha, juma kuni 16:00 dan 17:00 gacha


 

Lavozim vazifalari:
O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
• Davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
• Filial tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo’linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy ta’lim muassasasining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;
• Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo’llash;
• Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o’zaro integratsiyasini ta’minlash;
• O’quv-tarbiya jarayonida o’qitishning ilg’or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o’qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
• Talabalikka qabul qilish, o’qishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini ta’minlash;
• Filialda mutaxassislar tayyorlanadigan yo’nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferentsiyalar o’tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, o’quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo’naltirib borish;
• Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo’nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o’rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;
• Filialning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, oliy ta’lim muassasasi Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish,
• Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo’shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
• Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
• Ta’lim jarayonini boshqarish bo’yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash.