info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

“Muhammad al-Xorazmiyning merosi: fanga qo‘shgan hissasi va jahon sivilizatsiya taraqqiyotidagi ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya

XABARNOMA
 
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI FANLAR AKADЕMIYASINING TARIX INSTITUTI
RЕSPUBLIKA MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT MARKAZI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI
 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar diqqatiga!
 
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix instituti, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda 2018 yil 22-23 may kunlari “Muhammad al-Xorazmiyning merosi: fanga qo‘shgan hissasi va jahon sivilizatsiya taraqqiyotidagi ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
 
Anjuman quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boradi:
 
1–Sho‘ba: 9-12 asrlarda Sharqda intellektual uyg'onishning tarixiy sharoitlari va omillari
2–Sho‘ba: Muhammad al-Xorazmiy va uning zamondoshlari faoliyatining ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni
3–Sho‘ba: O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishida Muhammad al-Xorazmiy merosining ahamiyati
4–Sho‘ba: Muhammad al-Xorazmiyning ilmiy merosi asosida yosh avlodni tarbiyalash masalalari
 
Ishtirokchilar uchun maqolalar topshirish tartib qoidalari:
ESLATMA: Talablarga javob bermaydigan va kechikib topshirilgan maqolalar anjuman materiallariga kiritilmaydi.
Shart: Maqolalar 2018 yil 1 aprelgacha qabul qilinadi. Hajmi 3-5 betgacha, grammatik va stilistik xatosi bor matnlar chop etishga qabul qilinmaydi. Matnlar va maqolalar Times New Roman, 14 shrift, 1,5 intervalda terilgan bo‘lishi shart, (yuqori va pastdan 2 sm, o‘ngdan 1,5 va chapdan 3 sm). Maqolaning yuqori qismi o‘rtasida maqolaning nomi bosh harflar bilan beriladi – F.I.Sh. ilmiy daraja va unvoni (agar bo‘lsa), OO‘Yu nomi va shaxsiy telefon raqami ko‘rsatilsin. Konferensiyada ishtirok etish uchun taqdim etilgan ma’ruza tezislari qaytarilmaydi. Tezislar mazmuni, statistik ma’lumotlar ishonchliligi uchun mualliflar javob beradi.
Konferensiya tili: o‘zbek, rus va ingliz
Tezis va maqola matnlari elektron va qog‘oz variantda yozilgan holda qabul qilinadi.
Matnlarning ilmiy darajasi chop etiladigan talablarga javob berishi lozim. Matnlar mualliflarga qaytarilmaydi. Tashkiliy qo‘mitaga to‘lanadigan badal miqdori har bir bet uchun 10.000 (o‘n ming) so‘mni tashkil etadi.
Manzillar:
Sho‘balarga tegishli maqolalar Toshkent sh., Amir Temur shoh ko‘chasi, 108 uy, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “S” binosi, 3-qavat, 240-xonaga (“Gumanitar fanlar” kafedrasiga) taqdim etiladi. Ma’sul: Pirmuxamedova M.B. Telefon: ish: 2386475, mob. tel:+998903292497. Elektron manzil: pmaxbuba@mail.ru
Manba: tuit.uz

admin | 08-03-2018 | 1463