info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Dasturlash bo'yicha jamoaviy musobaqa o’tkaziladi

O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 martdagi «Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va informatikaga oid ta’lim yo’nalishlari mavjud Oliy ta’lim muassasalari bakalavr bosqichi talabalari o’rtasida dasturlash bo’yicha jamoaviy musobaqa o’tkazilishi belgilangan. Musobaqa ikki bosqichda, I saralash bosqichi 2018 yil 18 fevral sanasida Muxammad al- Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning xududiy filiallarida, II final bosqichi 2018 yil 25 fevral sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’tkazilishi rejalashtirilgan.

admin | 16-02-2018 | 561