info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

"Giyohvandlik asr vabosi undan yoshlarimizni asraylik"

 

 

 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari Urganch filialida 15 dekabr sanasida "Giyohvandlik asr vabosi undan yoshlarimizni asraylik" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatida Xorazm viloyati OITSga qarshi kurashish markazi vrachi SH.Otaxanov va Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari E.Avazov, filial hamshirasi Z.Bekmetova, "Telekommunikatsiya texnologiyalari" kafedrasi o'qituvchilari T.Rahimov, M.Yangiboyeva va talaba-yoshlar qatnashdi.

Davra suhbati qatnashchilari giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari haqida daliliy misollar keltirib o'tishib, Giyohvand moddalarni bir marotaba iste'mol qilib ko'rgan odam uni qayta-qayta iste'mol qilishga urunishi va buning oqibatida inson umri zavolga yuz tutishini takidlab o'tishdi. Davra suhbatida "O'lim so'qmog'i" va "Oiv infeksiyasi va undan himoyalanish yo'llari" nomli videoro'lik namoyish etildi. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Respublika OITSga qarshi  kurash markazi Xorazm viloyati OITSga qarshi  kurash markazi tomonidan tayyorlangan bukletlar talabalarga tarqatildi.

D.Djumaboyeva

 

admin | 28-12-2017 | 2178