info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

"Odam savdosiga qarshi kurashish barchamizning vazifamiz"

 

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida 14 dekabr sanasida "Odam savdosiga qarshi kurashish barchamizning vazifamiz" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

       Davra suhbatiga Urganch shahar bo'yicha IIO FMB 3-son IIB XPB TP profilaktika inspektori leytenant D.Ilhomov taklif etildi. Davra suhbatida Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yich direktor o'rinbosari I.Yusupov, Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari E.Avazov, O'zbekiston yoshlar ittifoqi filial BT yetakchisi O'.Matyaqubov, "Ma'naviyat va ma'rifat" va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo'limi uslubchisi D.Djumaboyeva va "Kompyuter injiniring" fakulteti talaba-yoshlari qatnashdi.

        Davra suhbati qatnashchilari talaba yoshlarga bugungi kunda odam savdosi-xalqaro miqyosdagi muammo bo'lib, ushbu muammoni hal etishning yagona yo'li, milliy qonunchilik tizimida huquqiy asoslarni yaratishdan iboratligi, bu masala davlatimiz tomonidan jiddiy yondashilib, odamlardan noqonuniy foydalanishga, ularning migratsiyasi va savdosiga qarshi kurashga oid chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish bilan bog'liq kengko'lamli ishlar amalga oshirilayotgani O'zbekistonda tinch osmonda yashab, katta avlod yosh avlodga yaratgan imkoniyatlardan foydalanishi, yoshlarning o'z iste'dod va qobiliyatini namoyon eta olishi, chet ellarga borib, mo'may pul topish ilinjida odam savdosi girdobiga tushib qolmasligi uchun, yoshlarning munosib kelajakini ta'minlashga har birimizning mas'ul ekanimizni alohida takidlab o'tishib, bir so'z bilan aytganda, odam savdosi-bugun asr muammosiga aylanib qolgani, bu muammoni oldini olish, bartaraf etish esa nafaqat huquq-targ'ibot va boshqa idoralarning balki butun jamiyatimiz, barchamizning birdek vazifamiz hisoblanishi to'g'risida gapirib o'tdilar.

D.Djumaboyeva

admin | 16-12-2017 | 2064