info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashi deputatlari bilan o'tkazilgan uchrashuv

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida 6 dekabr sanasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan filial talabalari va Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashi deputatlari bilan uchrashuv o'tkazildi. 

Uchrashuvda Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashi deputati G.Ibodullaeva, Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini E.Avazov, filial "Gumanitar va ijtimoiy fanlar" kafedrasi mudiri I.Xajiyeva, "Gumanitar va ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchilari O.Saparbayev,  Sh.Abdullaeva va talabalar qatnashdilar. 

Uchrashuvda asosiy qonunimizda davlat ham, jamiyat ham avvalo inson manfaatlariga xizmat qilishi, uning haq-huquqlarini himoya etishi ustuvor tamoyil sifatida aniq belgilab qo'yilgani, O'zbekiston Respublikasining  davlatning ishonchi, obro'-e'tibori, ko'rki uning Konstitutsiyasi ekani, biz ham Konstitutsiyamiz tufayli o'z nufuzimizga ega ekanimiz, nurafshon yo'limizni topganimiz, ana shu yo'l bardavom bo'lishi uchun esa, har birimiz ona Vatanga sodiq, munosib farzand bo'lishimiz zarurligi to'g'risida so'z yuritdilar.

D.Djumaboyeva

admin | 12-12-2017 | 1224