info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

“Baxtimiz qomusi obodlik dasturi”

admin | 11-12-2017 | 104

 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitati Urganch filiali talabalar turar joyida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan 24 noyabr sanasida “Baxtimiz qomusi obodlik dasturi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Davra suhbatida “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi I.Matkarimova, “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi uslubchisi D.Djumaboyeva va talabalar qatnashdilar.

Davra suhbati qatnashchilari talabalarga O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasi umuminsoniy qadiriyatlarni, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalarni o'zida to'liq mujassam etganligi, unda bosh g’oya inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati, farovon hayoti va boshqa daxlsiz huquqlarini ta'minlash davlat huquqlarini ta'minlash davlat oldidagi oliy mas'uliyat sifatida qayd etilgani, Konstitusiyamizda inson hayotining har bir davri bilan bog’liq munosabatlar, xususan, bola tarbiyasi, tibbiy hizmat, uning ta'lim olishi, erkin kasb tanlashi, vijdon erkinligi, ijtimoiy ta'minot va boshqa masalalar jamiyatimizda inson manfaatlarining oliy qadriyat darajasiga ko'tarilganini yaqqol namoyon qilib turishi, xususan, Konstitusiyamizning 14-moddasida “Davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi”, deb belgilab qo'yilgani to'g’risida ma’lumot berdilar.

D.Djumaboyeva