info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

“Konstitusiya baxtimiz poydevori-yurt iftixori”

admin | 30-11-2017 | 101

     

     Xorazm viloyati axborot-kutubxona markazi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali bilan hamkorlikda 29 noyabr sanasida “Konstitusiya baxtimiz poydevori-yurt iftixori” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
     Davra suhbatida Xorazm viloyati axborot-kutubxona markazi direktori R.Qurbanov, Xorazm viloyati prokuratura bo'lim boshlig'i SH.Ibrogimov, Xorazm viloyati Adliya boshqarmasining bosh maslaxatchisi R.Sattarov, filial “Ma'naviyat va ma'rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo'limi uslubchisi D.Djumaboeva va  933-17 guruh talabalari qatnashdilar.
   Davra suhbatida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 25 yilligiga bag'ishlangan “Konstitusiya baxtimiz poydevori-yurt iftixori” mavzusidagi video rolik namoyish etildi. Davra suhbati qatnashchilari har bir xalqning taqdirida muxrlanib qoladigan tarixiy xujjatlar millat ravnaqi, davlatchilik poydevorining mustahkam bo'lishi uchun xizmat qilganligi, o'zbek xalqi tarixida ham keskin burilish yasagan, istiqlol uchun kurashlar samarasi bo'lgan, ahamiyati jihatidan asrlarga tatigulik huquqiy hujjatlar qatorida “Mustaqillik deklarasiyasi”, “O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e'lon qilish to'g'risida”gi qaror, “O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida”gi qonun va albatta, Asosiy qonunimiz - Konstitusiyamizni alohida ehtirom bilan tilga olishimiz, mustaqil davlatchilikni belgisi hisoblanmish Konstitusiya, avvalo, millatning yuzi, xalqning erki ifodasi, jamiyat taraqiyotining asosi ekanligi to'g'risida so'z yuritdilar.


“Ma'naviyat va ma'rifat” va iqtidorli
yoshlar bilan ishlash bo'limi uslubchisi: D.Djumaboeva