info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

“Millatimiz iftixori” mavzusida o'tkazilgan maqolalar tanlovi

          Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida atoqli davlat arbobi va yozuvchi SHarof Rashidov tavalludining 100 yilligini munosib  nishonlash maqsadida filial talabalari o'rtasi “Millatimiz iftixori” mavzusida maqolalar tanlovi tashkil qilindi.

         Mazkur tanlov “Eng yaxshi maqola” yo'nalishida o'tkazildi. Tanlovda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali “Kompyuter injinirigi” fakulteti talabalari ishtirok etishdi. Tanlov yakunlariga ko'ra filialning 914-16 guruh talabasi Umirzoqova Melihol 1-o'rinni, 931-16 guruh talabasi Qalandarova Iroda 2-o'rinni, 922-16 guruh talabasi Devonova Oslhon 3-o'rinni egalladilar. Tanlov g’oliblari filial ma'muriyati tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.

admin | 21-11-2017 | 1431