info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Bayrog’im faxrim

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan 17 noyabr sanasida “Bayrog’im faxrim” mavzusida tadbir o'tkazildi.

Tadbirda filial “Ahborot resurs markazi” hodimlari va rahbari G.Ramanova, AKM umumiy o'quv zali sektor mudiri E.Jumaniyozova, AKM  O'lkashunoslik sektori mudiri N.Soy, O'zMTDP Xorazm viloyati kengashi raisi o'rinbosari M.To'raboeva va talabalar qatnashdilar.

Tadbir qatnashchilari bugun Mustaqil O'zbekistonimizning bayrog’i milliy g’ururimiz hisoblanishi,. davlat bayrog’ining huquqiy asosiga 1991 yilning 15 fevralida “O'zbekiston davlat bayrog’i va davlat gerbi emblemalarini ishlab chiqish to'g’risida”gi parlament qarori tamal toshini qo'ygani, 1991 yilning 18 noyabrida  “O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to'g’risida”gi qonun qabul qilingani, mazkur qonunning 2-3-moddasida Davlat bayrog’imiz O'zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi ekanligi, xalqaro munosabatlarda O'zbekiston Respublikasining timsoli bo'lishi e'tirof etildi va hozir u jahonning turli nuqtalarida mag’rur hilpirab turgani, ayniqsa, sport arenalarida, O'zbekiston Respublikasining milliy terma jamoalari ishtirokidagi xalqaro  sport musobaqalarini o'tkazish vaqtida hamda nufuzli musobaqalarda yurtimiz sportchilari g’olib shoxsupasida turganida bayrog’imizning baland ko'tarilishi xalbimizga fahr-iftixor tuyg’ularini baxsh etishi, ko'nglimizni tog’dek ko'tarishi to'g’risida so'z yuritdilar.

Djumaboyeva Dilfuza

 

 

admin | 21-11-2017 | 1625