info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

“Korrupsiya-taraqqiyotga g’ov”

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida 15 noyabr sanasida “Korrupsiya-taraqqiyotga g’ov” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatida Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari I.Yusupov, Urganch shahridagi “Umildli advokat” advokatlik byurosi direktori O.Ataboev, “Umidli advokat” advokatlik byurosi advokati A.Matrizaev, “Ma'naviyat va ma'rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo'limi boshlig’i F.Jumaniyozov, filial O'zbekiston yoshlar ittifoqi B.T yetakchisi O'.Matyoqubov va talabalar katnashdilar.

Davra suhbati qatnashchilari mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti yo'lidan jadal ildamlab borayotgan bir paytda korrupciya balosiga qarshi kurashish, uning ayanchli oqibatlarini aholiga tushuntirish har birimizning burchimiz hisoblanishi,  korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan shahsiy manfaatlari ko'zlab, boylik orttirish maqsadida fuqarolardan pora olish, qonunga xilof pul daromatlarini qo'lga kiritish tushunilishi, bundan tashqari, korrupsiyaga doir munosabatlarning tashabbuskorlari ba'zan oddiy fuqarolar, tadbirkorlik sub'ektlari ham bo'lishi, ular o'zlarining noqonuniy ishlarini bitirish maqsadida mansabdorlarni pora olishga undashi mumkinligi hamda O'zbekiston Respublikasining “Korrupciyaga qarshi kurashish to'g’risida”gi qonuni taraqqiyot kushandasi bo'lgan illatga qarshi kurashishga, inson huquqlari va manfaatlari ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirishga, xalqimizning davlat hokimiyatiga bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlashga hizmat qilishi va Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev ta'kidlaganlaridek, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga hizmat qilishi kerak va bu haqiqatni avvalo barcha bo'g’indagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi zarur”ligi to'g’risida gapirib o'tdilar.

 Djumaboyeva Dilfuza

 

admin | 07-12-2017 | 1136