info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

ACM ICPC-2017-2018 xalqaro olimpiadasining chorak finali bo'lib o'tdi

admin | 18-11-2017 | 167

2017 yil 12 noyabr kuni bo'lib o'tgan dasturlash bo'yicha ACM ICPC-2017-2018 xalqaro olimpiadasining chorak finali bo'lib o'tdi. Qizg'in kechgan baxsda Moskva davlat universiteti Toshkent filialining MSU Tashkent#1 jamoasi 3-o'rinni, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Tashkent U of IT 1 jamoasi 2-o'rinni, TATU Urganch filialining TUIT Urgench#1 jamoasi esa 1-o'rinni egalladi.

TUIT Urgench#1 jamoasi tarkibiga 1 kurs magistranti Aminov Shavkat va 4 kurs talabalari Ibadullayev Qudrat va Davronov Murodjonlar kiradi. Ular berilgan 12 ta masalaning 11 tasini yechishga muvaffaq bo'lishdi.

Bu yil musobaqaga qatnashish uchun O'zbekistondan 102 ta jamoa ro'yxatdan o'tdi(har bir jamoa uch qatnashchidan iborat).

Umumiy natijalar jadvali: https://contest.yandex.ru/uzbekistan2017/contest/5713/standings

Musobaqaning yarim final bosqichi 2-3 dekabr kunlari St. Petersburg, Barnaul, Tbilisi va Almaty shaharlarida bo'lib o'tadi. Filialimiz jamoalariga omad tilaymiz va umid qilamizki bu yil O'zbekistondan birnechta jamoalar musobaqaning final bosqichiga yo'l olishadi.