info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Tinchlik-xalq faravonligining asosidir

 

 

2017 yil 17 noyabr sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida 21 sentyabr - “Xalqaro tinchlik kuni” munosabati bilan “Tinchlik-xalq faravonligining asosidir” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda filial direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Yusupov Izzat Sultonovich, Shimoliy G’arbiy okrugi Serjantlar tayyorlash maktabi boshlig’ining o'rinbosari podpolkovnik Bekmirzaev Muhammadali Abduvalievich, Shimoliy G’arbiy okrugi Serjantlar tayyorlash maktabi harbiy pedagogik va psihologik cikl boshlig’i podpolkovnik Tursunov Abdumo'min Erdiqulovich, “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Jumaniyazov Fazliddin Bobojanovich, Urganch shahridagi 33-son “Kamolot” MFY raisasi Madrimova Oysara, filial “O'zbekiston yoshlar ittifoqi” yoshlar yetakchisi Matyaqubov O’tkir Karimovich va filia talabalari ishtirok qildilar. Tadbir mehmonlari talabalarga bugungi kunda mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlikni ta'minlash, jamiyatimizni turli sohalarida vatan ravnqi yo'lida  mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohatlar haqida ma'lumot berdilar.

Djumaboyeva Dilfuza

admin | 20-11-2017 | 1118