info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Innovasion g’oyalar

2016 yil TATU Urganch filialida “Innovasion g‘oyalar” ko‘rik tanlovining filial bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar, mustaqil izlanuvchilar va talabalar jalb qilindi. Tanlovga jalb qilingan ishlarning aksariyati “Axborot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish” yo‘nalishida bo‘lib, tanlov qatnashchilari asosan o‘zlari yaratgan dasturiy vositalar (15 ta), mobil ilovalar (4 ta) va texnik ishlanmalar (5 ta) bilan qatnashishdi. Ko‘rik tanlovda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Xorazm viloyati xududiy boshqarma boshlig‘i Q.Xaitbaev, “O‘zmobayl” milliy aloqa operatori Xorazm uchastkasi boshlig‘i T.Ganjaev, UMC chet el qo‘shma korxonasi injineri M.Sattarov, filial rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari qatnashdilar.
Ko‘rik tanlovda “Axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi O.Jumanazarovning “Maxalla fuqarolari yig‘inlari uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi” nomli ishi, va “Dasturiy injiniring” kafedrasi assistenti M.Artiqovning “Respudlika Kordiologiya markazi Xorazm filiali avtomatlashtirilgan tizimi” mavzusidagi dasturiy vosita va filialning “Telekommunikatsiya” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi B.Baltabaevning “Mobil-modem kuchaytirgich” deb nomlangan texnik ishlanmasi mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.

admin | 2016-03-14 | 3107