info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Kengashning yillik rejasi

TATU Urganch filiali «Yosh Olimlar Kengashi»ning 2015-2016 o'quv yili uchun YILLIK ISH REJASI
Amalga oshiriladigan ishlar Amalga oshiriladigan ishlarning qisqacha mazmuni Qatnashchilar Bajarilish Sanasi (muddati)
1 Kengash yig'ilishi Yangi rais saylash Barcha a'zolar  
2 Kengash yig'ilishi 1. Yangi kotib saylash. 2. Yosh olimlar doktorlik ishini qilish uchun ilmiy mavzular tanlash bo'yicha maslahatlashuv o'tkazish. 3. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2015 yil 12 noyabrdagi 448-sonli buyrug'i bo'yicha «Oliy ta'lim, fan va ishlab chiqarish innovatsion hamkorlikni amalga oshirishni tashkil etish masalalari to'g'risida»gi 47-sonli bayonida keltirilgan toshiriqlarni muxokamaga qo'yish va uni amalga oshirish chora-tadbirlarini kelishib olish. Barcha a'zolar  
3 Ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurish 1. Ishlab chiqarish korxonalariga tashriflar uyushtirish va u yerdagi avtomatlashtirish jarayoni bilan tanishish. 2. Ishlab chiqarish korxonalaridagi ilmiy va amaliy loyihalar amalga oshirishga molik muammolarni aniqlash. 3. Filialdagi yosh olimlarning ilmiy ishlarini ishlab chiqarish muammolari bilan bo'glash. Mutaxassislik kafedralaridagi a'zolar Talablarga asosan yil davomida
4 Filial Yosh Olimlar Kengashi portalini yaratish 1. Yosh olimlar kengashi portalini yaratish. 2. Yosh olimlar kengashi portali ostida «Muammolar banki» ni yaratish. 3. Kengash portalini ishlab chiqarish korxonalari va filial yosh olimlari orasida ilmiy, ishlab chiqarish va amaliy muammolarni almashish uchun muloqot portalini yaratish. 4. Kengash portalida filial yosh olimlar tarkibi va ular olib borayotgan ilmiy izlanish va proyektlar haqida ma'lumotlar berib borish. Kengash raisi, Dasturiy inginiring kafedrasidagi a'zolar 2016 yil 1 Martga qadar
5 Ilmiy seminarlar tashkil qilish 1. Filial yosh olimlari olib borayotgan ilmiy izlanishlari va so'ngi natijalarini namoyish qilish va boshqa a'zolar orasida muxokamaga qilish. 2. Ilmiy yo'nalishda konsultatsiya va fikrlar almashish. Mutahassislik kafedralaridagi a'zolar Har oyda kamida 1 marta, haftaning Payshanba kuni soat 15.00 da
6 Innovatsion hamkorlik va ho'jalish shartnomalari qilish bo'yicha uchrashuvlar 1. Innovatsion hamkorlik va ho'jalik shartnomalari qilish bo'yicha yangi imkoniyatlar izlash va maslahatlashuvlar o'rkazish 2. Ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurish va ishlab chiqarishdagi hamkorlarni Filialga taklif qilish orqali seminar va innovatsion fikr almashinuvlar tashkil qilish. Bu orqali kompyuter tarmoqlari va tizimlariga texnik ta'minot ko'rsatish va o'rnatish hamda dasturiy ta'minotlar ishlab chiqish bo'yicha ho'jalik shartnomalari va innovatsion hamkorlik shartnomalari qilishga erishish. Barcha a'zolar Yilning har kvartalida tashkil qilish
7 Chet el grantlari bilan tanishish 1. Joriy davrda e'lon qilingan chet el grantlari haqida habardor bo'lish. 2. Chet elda maqola chiqarish va ilmiy anjumanlarda qatnashish imkoniyatlarini ko'rib chiqish va a'zolar orasida ma'lumotlar almashish. 3. Chet ellik hamkorlar bilan ishlash va birgalikda ilmiy grantlar yozish bo'yicha amaliy maslaxatlar almashish. Barcha a'zolar Yilning har kvartalida tashkil qilish
8 Kengash portalini yangilab borish Yuqorida sanab o'tilgan, amalga oshirilayotgan barcha ishlar haqida yosh olimlar kengashi portalida yangilar va e'lonlar berib borish Kengash rais va kotibi Har haftada

admin | 2016-02-11 | 1494

Kengash nizomi
2016-02-11 1412