info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Moliya iqtisod va xo’jalik ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari

admin | 12-12-2017 | 1207

Jabbarov Umarbek Rustambekovich
Telefon: (+99862)224-60-37
e-mail: 





Lavozim vazifalari:


•Xo’jalik bo’limlari ishlariga rahbarlik qilish, uning bo’limlariga ishchilar qabul qilishga, bo’shatishga, mexnat ta’tillari berishga va xizmat safariga jo’natishga taklif berish;
•O’quv laboratoriya binolari va boshqa binolar va inshootlari (issiqlik va gaz tarmog’i, suv bilan ta’minlash sistemasi, kanalizatsiya, elektr tarmog’i, aloqa va ta’minot) ning avariyasiz (buzilishsiz) holatini tashkil qilish;
•O’quv laboratoriyalari, maishiy-ijtimoiy binolar va “Talabalar turar joyi”ni materiallar, asbob-uskunalar, mebel va inventarlar bilan ta’minlashni tashkil qilish;
•Yong’inga qarshi radiatsion xavfsizlik va mexnat muxofazasi bo’yicha tadbirlar tashkil etish, bajarish, ushbu masalalar bo’yicha xodimlarni o’qitishni tashkil etish;
•O’quv laboratoriyalari, maishiy-ijtimoiy binolar va inshootlar kapital qurilishi, kapital va moddiy ta’mirlashga rahbarlik qilish;
•O’z vazifalari doirasida buxgalteriya ishlarini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;
•Xodimlar va talabalarga maishiy-ijtimoiy xizmatni yaxshilash ishlarini tashkil etish;
•Xususiy xonadonlarda yashaydigan professor-o’qituvchi va talabalarni hisobga olish va ularning maishiy-ijtimoiy sharoitini nazorat qilish;
•Muhandis-texnik xodimlarining kvalifikatsiya xay’atini tashkil qilish va boshqarish;
•Texnika xavfsizligi va radiatsiya himoyasini ta’minlash;
•Kapital qurilish va binolarni ta’mirlash bo’yicha tadbirlar kompleksi (texnik hujjatlar bilan ta’minlash, bitimlar tuzish; ob’ektlarni qabul qilishni va boshqarishni) tashkil qilish va amalga oshirish;
•O’quv binolari, ustaxonalari, laboratoriyalari, “Talabalar turar joyi” va boshqa ob’ektlarining jixozlanishini ta’minlash;
•Intellektual mulkni xo’jalik muomilasiga o’tkazish marketing xizmati, ta’lim investitsiyasi, nou-xau va boshqa byudjetdan tashqari mablag’larni shakllantirish;
•Amaldagi qonunchilikka muvofiq, filial mol-mulkining tarkib topishini moliyaviy ta’minlash;