info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Yangi g’oya, investitsiya, innovatsiya

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Yangi g’oya, investitsiya, innovatsiya» tanlovini e’lon qiladi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Yangi g’oya, investitsiya, innovatsiya» Fondi tashkil etilgan. Universitetda ta’lim olayotgan talaba va magistrlarning innovatsion faoliyatini rivojlantirish va qo’llab-quvatlash maqsadida 2016 yilda Yangi innovatsion g’oyalar-loyihalar asosida ilmiy izlanishlar olib borish uchun tanlov e’lon qilinmoqda. Tanlovda qatnashish uchun quyidagiyo’nalishlar bo’yicha loyihalar taklif etiladi.

1. Axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar.
2. Telekommunikatsiya tizimlari, qurilmalar va ularni boshqarish muammolari.
3. Zamonaviy televizion texnologiyalar.
4. Oliy ta’limdagi ilg’or pedagogik texnologiyalar.
5. Aloqa va axborotlashtirish sohasida xizmatlar ko’rsatish va uning iqtisodiy masalalari.

Tanlovlarda qatnashish uchun loyihalar tegishli kafedralar orqali taqdim etiladi.
Loyihalar 2016 yil 10 fevralgacha qabul qilinadi.

admin | 2016-02-03 | 1675