info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

O‘quv-uslubiy bo’lim

O'quv uslubiy bo'lim boshlig'i

Otamuratov Sanjarbek Shonazarovich

Telefon: +998975138515

e-mail: uubb@ubtuit.uz

O‘quv-uslubiy bo’lim faoliyati haqida ma’lumot
O‘quv-uslubiy bo’lim -o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi.
O‘quv-uslubiy bo’lim filial ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet va kafedralar o‘quv ishlarida erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.
O‘quv-uslubiy bo’lim talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.
O‘quv-uslubiy bo’limning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
Filial ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, filial tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
Filialda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
Filial fakultet va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
Filial ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va universitet Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;
Filial fakulteti, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va filial ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida yangi NIZOMni amaliyotga tadbiq etish;
Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish;
Talabalar davomatini tahlil etish;
Filial professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
Filialdagi barcha joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarni tashkil etish va tahlil qilish;
Kafedra va dekanatda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
Filialda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
Filial fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
Professor - o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;
O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;
Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;
O‘quv-uslubiy bo’limda boshliq, uslubchi va dispetcherlar faoliyat olib boradi.

admin | 2013-12-03 | 1607