info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

    Dasturlash bo'yicha jamoaviy musobaqa o’tkaziladi

    O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 martdagi «Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va informatikaga oid ta’lim yo’nalishlari mavjud Oliy ta’lim muassasalari bakalavr bosqichi talabalari o’rtasida dasturlash bo’yicha jamoaviy musobaqa o’tkazilishi belgilangan. Musobaqa ikki bosqichda, I saralash bosqichi 2018 yil 18 fevral sanasida Muxammad al- Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning xududiy filiallarida, II final bosqichi 2018 yil 25 fevral sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’tkazilishi rejalashtirilgan.

    Ўзбекистон ёшлар иттифоқи стинепдияси

    Ўзбекистон ёшлар иттифоқи стипендиясига Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университети Урганч филиали 914-15 гуруҳ талабаси Менглиев Давлатёр Бахтиярович сазовор бўлганлиги муносабати билан филиал маъмурияти қутлаб қолади.

    Ўзбекистон Республикаси Биринчи Президенти Ислом Абдуғаниевич Каримов таваллудининг 80 йиллиги

    Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университети Урганч филиалида Ўзбекистон Республикаси Биринчи Президенти Ислом Абдуғаниевич Каримов таваллудининг 80 йиллигини нишонлаш мақсадида “Озод ва обод Ватанга бахшида умр”, “Ислом Каримов асарларининг баркамол авлод тарбиясидаги аҳамияти” мавзуларида иншолар танлови ҳамда Ислом Каримов хотирасига бағишланган расмлар кўргазмаси ўтказилади.

    Иншолар танлови ва расмлар кўргазмасида иштирок этишни хохоловчи талабалар “Маънавият-маърифат” ва иқтидорли ёшлар билан ишлаш бўлимига мурожат қилишлари мумкин. Танлов 2018 йил январ ойининг 24 санасига қадар қабул қилинади.

    DIQQAT OLIMPIADA!

    O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan fizika va matematika fanlaridan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Respublika olimpiadasi o’tkazilmoqda.

    Olimpiadada O’zbekiston Respublikasi hududidagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, ya’ni, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariningbitiruvchi yoki bitirgan o’quvchilari, shuningdek, o’n bir yillik umumiy o’rta maktabning 11-sinf bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.

    Oimpiadada ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar olimpiadaning rasmiy www.matfiz.uz saytida ro’yxatdan o’tib, olimpiada shartlari va o’tkazish bosqichlari bilan tanishgandan so’ng ishtirok etish huquqiga ega bo’ladilar.

    Olimpiada uch bosqichda o’tkaziladi.

    • Birinchi (saralash) bosqichi–2018 yil 20 yanvar kuni onlayn tarzda, test ko’rinishida o’tkazilib, fizika va matematika fanlaridan musobaqaning rasmiy veb sayti matfiz.uzda ro’yxatdan o’tgandan so’ng ishtirok etiladi. Test savollarining 80 foiziga to’g’ri javob bergan ishtirokchilar olimpiada rasmiy saytining “1-bosqich g’oliblari” bo’limida e’lon qilinadi;
    • Ikkinchi (mintaqaviy) bosqichi – 2018 yil 10 fevral kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududlardagi: Qarshi, Samarqand, Farg’ona, Nukus, Urganch filiallarida o’tkaziladi. Mazkur bosqich ishtirokchilari orasidan “Matematika” va “Fizika” fanlaridan amaliy masalalarga qo’yiladigan maksimal ballning kamida 80 foizini to’plagan o’quvchilar olimpiada rasmiy saytining “2-bosqich g’oliblari” bo’limida e’lon qilinadi vamusobaqaning uchinchi final bosqichiga taklif qilinadi;
    • Uchinchi (yakuniy) bosqichi – 2018 yil 22-25-fevral kunlari Toshkent shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’tkaziladi. Ushbu bosqichda Fizika va matematika fanlaridan 10 tadan amaliy masalalarni yozma topshiradilar. Olimpiada finali sovrindorlari ro’yxati saytning “Final – Toshkent sh.” Va “Taqdirlash taxtasi” bo’limlarida ko’rsatiladi.

    Olimpiadaning uchinchi bosqichida eng yuqori ball to’plagan 21 ta ishtirokchi sovrindor hisoblanadi. Barcha sovrindorlarga qimmatbaho sovrinlar va diplomlar beriladi. Shuningdek, ular Toshkent shahridagi INXA universiteti tomonidan ingliz tilidan bepul o’qish huquqini beruvchi yo’llanmani qo’lga kiritadilar.

    Olimpiada Nizomi bilan www.matfiz.uz saytida tanishish mumkin.

    AQSh va Yevropada ta'lim olish imkoniyati

    Islom Karimov nomidagi respublika xayriya fondi grantlar asosida joriy yilning 10-yanvaridan mutaxassisliklar bo'yicha Yevropa va AQSh o'quv muassasalarining magistratura dasturida tahsil olishga yuborish uchun tanlov, hujjatlarini qabul qilishni boshladi. Hujjatlarni qabul qilish 31-yanvarda yakunlanadi. Tanlov haqida to'liq ma'lumot olish uchun uchun TATU Urganch filiali iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo'limiga murojat qilishingiz mumkin.


    Tel: 2246128
    +998906498138