info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

    Yaponiyaning "Matsumae International" fondi granti asosida ilmiy - tatqiqot olib borish uchun stipendiya dasturi.

    Yaponiyaning "Matsumae International" fondi granti asosida Yaponiyada tabiiy, muhandislik va texnik fanlar, hamda tibbiyot yo'nalishlarida ilmiy - tadqiqot olib borish imkoniyatini beradi.

    Kimlar uchun: Fan nomzodi darajasi (PhD) yoshi 49 dan oshmagan, ingliz yoki yapon tilini yaxshi biladiganlar.

    Grantning manfatli jihatlari: 

    1.   Avia chiptalar(borish kelish).
    2.   Tibbiy sug'urta.
    3.   Oylik stipendiya ( 2000 AQSH doll)

    Muhim sanalar:

    1. Xujjatlarni topshirishni oxirgi sanasi: 31-iyul 2019-yil gacha.
    2. Natijalar e'lon qilinish sanasi: Natijalar 2019 - yilning dekabr oyida e'lon qilinadi

    Qo'shimcha ma'lutlar uchun: http://www.mif-japan.org/

    ISLOM TARAQQIYOT BANKI STIPENDIYA DASTURLARINI E'LON QILADI.

    Islom taraqqiyot banki 2019/2020 o'quv yillari uchun stipendiya dasturlarini e'lon qiladi.

    Grant kimlar uchun: Bakalavr, Magistr va Doktorantura(PhD) bosqichida o'qishni xoxlovchilar uchun.

     

    Stipendiya quyidagilarni xarajatlarni o'z ichiga oladi: O'qish puli, yashash xarajatlari, oylik stipendiya, avia chiptalar(borish kelish) yildaga bir marotaba, ilmiy konferensiya va ilmiy ish bilan bog'liq bo'lgan boshqa xarajatlar.

     

    Batafsil ma'lumot uchun link: www.isdb.org

    TALABALAR UCHUN YANGI TANLOV-“BIG IDEA CHALLENGE”

       Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Britaniya Kengashi va London Metropoliten universiteti bilan hamkorlikda “Big Idea Challenge”tanlovini e’lon qiladi.Tanlovning maqsadi talabalarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish. Tanlovda OTM talabalari ijtimoiy muhitni yaxshilashga qaratilgan o‘zlarining ilg‘or loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Tanlovning birinchi bosqichidan tanlab olingan loyiha mualliflari ikkinchi bosqichida London Metropoliten universiteti ekspertlari bilan hamkorlikda joriy yilning 20-21 fevral kunlari o‘tkaziladigan treningda ishtirok etadi.                                                                                                       

    Onlayn ariza topshirishning oxirgi muddati: 2019 yil 1 fevral.               

    Batafsil: www.britishcouncil.uz   

     

    Yana bitta stipendiya sovrindorlari bizning talabalar

    O’zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va kommunikasiyalarini rivojlantirish  vazirligining “O’zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va kommunikasiyalarini rivojlantirish  vazirligi  stipendiyasini tayinlash  tartibi” hamda Vazirlik Tarmoq  ilmiy-texnik  kengashining bayonnomasiga muvofiq  ilmiy izlanishlarda, ijtimoiy  hayotda  muvaffaqiyatlarga  erishgan  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot  texnologiyalari universiteti  Urganch   filiali talabalari  Mengliev  Davlatyor  hamda  Palvonova  Sevara    sazovor  bo’ldilar.  

     

    Yoshlarning boshlang’ich tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash dasturi

    27-28 noyabr  kuni  Nukus shahrida  bo’lib o’tgan  “Yoshlarning  boshlang’ich  tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash  dasturi”ning  “Startup  initiativa” uchunchi  bosqichida  filialimiz  922-16 guruh  talabasi  Palvanova  Sevara  “Med Eapp”  loyihasi bilan  qatnashdi  va  tashkilotchilar tomonidan  sertifiqat  bilan taqdirlandi.