Eng yaxshi maqolalar tanlovi

19-05-2017 | admin | 65

“Men diniy ekstrimizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida  eng yaxshi maqolalar tanlovi Muhammad al–Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida 5 may kuni o’tkazildi. Tanlov natijalari Hakamlar hay`ati tomonidan tanlov shartlari asosida baholandi, natijalarga ko’ra “Men diniy ekstrimizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” mavzusida “Kompyuter injiniringi” yo’nalishi 914-15 guruh talabasi Mengliev Davlatyor Bahtiyorovich 1 - o`rinni, “Telekomunikatsiya texnologiyaalari” yo’nalishi 931-16 guruh talabasi Yusupboyeva Surayyo G’ayratovna 2-o’rinni egalladilar.  “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida “AKT sohasida kasb ta’limi” yo’nalishi 921-14 guruh talabasi Dilafro’z Qo’shnazarovna 1 - o’rinni, “Telekommunikasiya texnologiyalari” yo’nalishi 931-14 guruh talabasi Omonov Ibrat Ikromboy o’g’li 2 - o’rinni egallab keyingi respublika bosqichiga yo’llanma oldilar. Tanlov g’olibi Ma’naviyat- ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.