Abu Saidrizo Alizoda tavalludining 130 yilligi

19-05-2017 | admin | 57

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi  Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida  15 may sanasida Abu Saidrizo Alizoda tavalludining 130 yilligi munosabati bilan  uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda Ma’naviy-ma’rifiy  ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari  I.Yusupov,  Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i F.Jumaniyazov, “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri I.Xajiyevalar ishtirok etishdi.  Uchrashuvga shoir va dramaturg Qurbon Muhammadrizo taklif etildi. Uchrashuvda  Abu Saidrizo Alizoda tavalludining 130 yilligi yurtimizda keng nishonlanishi, adibning mohir tarjimon, tilshunos, ilm  ma’rifatning  faol  jonkuyari sifatida iz qoldirganligini aytib o’tdilar.