O’zbekiston bag’ri keng diyor

19-05-2017 | admin | 21

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida 12 may sanasida “O’zbekiston bag’ri keng diyor mavzusida ” tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda filial ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari I.Yusupov, Ma’naviyat – ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i F.Jumanyazov, “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi F.Adambayeva,  “Tatar milliy-madaniyat ” markazi direktori D.Latipovalar qatnashib, O’zbekiston Respublikasida turli millat va elat vakillari o’rtasidagi munosabatlarning siyosiy va huquqiy asoslari haqida va yurtimizda 136 millat, 16 diniy konfessiya vakillari yagona oila farzandlaridek yashab, mehnat qilayotganliklari, umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’zbek, rus, qirg’iz, turkman, qozoq, tojik, tillarida bilim berilayotgani, bir qancha oliy o’quv yurtlarida rus, qozoq, qirg’iz va boshqa tillarda dars beriladigan bo’limlarning mavjudligi, ular uchun darslik va qo’llanmalarning mamlakatimizning o’zida tayyorlanib, chop etilayotganligi, bugungi kunda ommaviy axborot vositalari o’nta tilda faoliyat ko’rsatayotgani haqida gapirib o’tdilar.