Terrorizm, diniy ekstremizm taraqqiyot kushandasi

06-11-2017 | admin | 140

 

29 mart kuni filialda O’zbekiston Respublikasi IIB Akademyasi 4-o’quv kursi tinglovchilari va ma’sul xodimlar bilan birgalikda “Terrorizm, diniy ekstremizm va “ommaviy madaniyat”ning salbiy illatlari ta’siriga tushib qolmaslik hamda ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi boshqa holatlarni oldini olish” bo’yicha uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi IIB Akademyasi Dastlabki tergov va kriminalistika kafedrasi o’qituvchisi kapitan S.G’.Razzaqov,  O’zbekiston Respublikasi IIB Akademyasi 4-o’quv kursi tinglovchilari va talabalar qatnashdilar. Uchrashuv ishtrokchilari bugungi kunda biz nafaqat diniy ekstremizm, terrorizm va aqidaparastlik mafkurasi, “ommaviy madaniyat”, shuningdek axborot terrori kabi ma’daniy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rtastuvchi mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurshga ham tayyor turushimiz, balki fuqarolarimiz dunyoqarashida turli xil buzg’unchi g’oyalarga nisbatan sobitlik bilan qarshi tura oladigan mafkuraviy immunitetni shakllantrish borasidagi chora-tadbirlarni kuchaytrishimiz, jaholatga ma’rifat orqali barham bermog’imiz lozimligi, buning uchun o’qish, o’rganish va zamon bilan hamnafas bo’lish bilan birga teran tafakkur, zukko bilim va aqlga ega bo’lib, chuqur mulohaza va mushohada yurita olishimiz zarurligi to’g’risida takidlab o’tdilar.