info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37
  • «Al-Xorazmiy-2015» bilimlar tanlovi bo'lib o'tdi

    2015-12-19 4394

    Xorazm viloyatida o’rta umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb hunar kollejlarida tahsil olayotgan o’quvchilar orasidan bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo’nalishlari bo’yicha o’z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o’zlarining noyob iste’dodlarini ro’yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali tomonidan har yili ananaviy «Al-Xorazmiy» bilimlar tanlovi tashkil etilib kelinmoqda.

  • Magistrlik diplomlari topshirildi

    2015-07-25 4264

    Magistrlik diplomlari topshirildi

    Toshkent texnologiyalai universiteti Urganch filialida 2015 yil 25 iyul куни magistrlarga diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Magistrlarga diplom topshirish marosumi universitetda tantanali ravishda bayramona ruhda o’tkazildi. Tantanali marosimda universitet direktori Sh.Ismoilov chiqish so’zida, magistrlarni muvaffaqiyat bilan tabrikladi.

  • Ochiq eshiklar kuni o’tkazildi

    2015-06-26 4425

    “Ochiq eshiklar kuni” o’tkazildi.

    Ochiq eshiklar kuni o’tkazildi

    2015 yil 26 iyul kuni TATU Urganch filialida “Ochiq eshiklar kuni” bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantrish vazirligining Xorazm viloyati xududiy boshqarmasi boshlig’i Q.S.Xayitbayev, Xorazm viloyati o’rta maxsus kasb-xunar ta’limi boshqarmasi boshlig’i P.I.Kalandarov, o’rta maxsus kasb-xunar ta’limi o’qituvchilari va bitiruvchi talabalar qatnashdi.

  • Tafakkur sinovlari

    2015-05-22 4360

    Tafakkur sinovlari

    “O’zbekiston Respublikasida 2015 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi” da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining viloyat bosqichini 22 may kuni Urganch shahridagi 2-Bolalar musiqa va san’at maktabida o’tkazildi. Unda Urganch davlat universitetining Al-Xorazimiy vorislari jamoasi, TATU Urganch filialining Dasturchilar jamoasi hamda TTA Urganch filialining Urganch davlat universitetining Akademiya jamolari o’zaro bellashdilar. Xakamlar xa’yatining qaroriga ko’ra Al-Xorazimiy vorislari jamoasi 66 ball bilan 1-o’rinni, TATU Urganch filialining Dasturchilar jamoasi 54 ball bilan 2- o’rinni TTA Urganch filialining Akademiya jamoasi faxirli 3-o’rinni egalladilar. G’olib bo’lgan jamoalar diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

  • "Yurt kelajagi” respublika iqtidorli yoshlar tanlovi

    02-05-2017 4470

    "Yurt kelajagi” respublika iqtidorli yoshlar tanlovi

    "Yurt kelajagi” respublika iqtidorli yoshlar tanlovi "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etib kelinmoqda. Tanlov yurtimizdagi minglab iqtidorli yigit-qizlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, chekka-chekka hududlarda istiqomat qilayotgan yoshlarning ilm-fan, san’at va zamonaviy texnologiyalar borasidagi izlanishlarini munosib baholash, rag’batlantirish hamda kelgusidagi faoliyatlarida ko’mak ko’rsatish maqsadini ko’zlaydi.