info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37
  • Mening o’g’lim –Vatan himoyachisi

    2016-01-13 4281

    TATU Urganch filialida O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 24 yilligi va “Vatan himoyachilari kuniga” bag’ishlangan “Tayanchim va suyanchim, fahru iftixorimsan, muqaddas Vatan!” shiori ostida “Mening o’g’lim –Vatan himoyachisi” deb nomlangan videokonferentsiya bo’lib o’tdi. Videokonferentsiyada TATU ning barcha filiallari va maxsus xarbiy fakultetning xarbiy xizmatchilari hamda kursantlari ishtirok etdi. Videokonferentsiyada TATU Urganch filiali direktori U.A.Xoitmetov boshchiligida filial professor-o’qituvchilari va muddatli xarbiy xizmatni o’tab talabalikka qabul qilingan talabalar shuningdek, mehmon sifatida Yangibozor tumani Jangchi fahriylar va nogironlar bo’limi ramsi A.Qodirov, zaqiradagi moyor S.Sarmisoqov va zahiradagi moyor M.Allayorov ishtirok etdilar. Videokonferentsiya so’ngida ishtirokchilarga bayram kontsert dasturi taqdim etildi.

  • Ona yurtni mard o’g’lonlar qo’riqlaydi

    2016-01-11 4267

    2016 yil 11-yanvarda TATU Urganch filialida 14-yanvar- Vatan himoyachilari kun va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 24 yilligi munosabati bilan “Ona yurtni mard o’g’lonlar qo’riqlaydi” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Tadbirda Shimoliy-G’arbiy okrugi Urganch Serjantlar tayyorlash maktabi direktorining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari podpalkovnik A.Bozorov va filial professor-o’qituvchilari hamda talabalari ishtirok qildi. Tadbirda podpalkovnik A.Bozorov bugungi kuda harbiy sohada olib borilayotgan ishlar va mamlakatimiz tinchligi yo’lida o’z jonini qurbon qilgan harbiy hizmatchilar to’g’risida ma’lumot berdi.

  • Vatanparvarlikni chinakkam e’tiqodga aylantiraylik

    2016-01-08 4916

    2016 yil 7 yanvar kuni TATU Urganch filiali ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari I.Yusupov rahbarligidagi bir guruh filial talabalari va xodimlari Shimoliy-G’arbiy harbiy okrugi Serjantlar tayyorlash maktabiga tashrif buyurdilar. Ular “Vatanparvarlikni chinakkam e’tiqodga aylantiraylik”, “Armiya – xalqimiz qalbi”, “Milliy armiyamiz - g’ururimiz” mavzularida serjantlar tayyorlash maktabi boshlig’i polkovnik Sh.Ilbaev va shaxsiy tarkib bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari podpolkovnik A.Bozorovlar hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazdilar. Shuningdek, kursantlar va ofitser serjantlar ga TATU Urganch filiali QVZ jamosining chiqishlari namoyish qilindi. Ular o’zlarining qiziqarli sahna ko’rinishlari bilan serjantlar tayyorlash maktabi shaxsiy tarkibiga quvonch va shodlik ulashdi.

  • Eng yaxshi pedagoglar aniqlandi

    2015-12-16 3970

    Eng yaxshi pedagoglar aniqlandi

    Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24-fevraldagi 32-sonli qaroriga asosan 2015-yildan boshlab O‘zbekistonda har yili “Oliy o‘quv yurtining eng yaxshi o‘qituvchisi” respublika tanlovi o‘tkaziladi. Bu yilgi tanlov ikki bosqichda o‘tkazildi. 1-apreldan 31-maygacha oliy o‘quv yurtlarining o‘tkazilgan ichki bosqichda ishtirokchilar tomonidan taqdim qilingan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-marifiy materiallar tahlil qilindi, shuningdek ochiq darslar o‘tkazildi va baholandi. 2−20-sentabr kunlari o‘tkazilgan Respublika bosqichida esa ishtirokchilarning taqdimotlari va oliy o‘quv yurtlarining tavsiyanomalari ko‘rib chiqildi, keyin qatnashchilar o‘z taqdimotlarini namoyish etdi.

  • Internet va yoshlar tarbiyasi

    2015-12-02 4610

    Internet va yoshlar tarbiyasi

    Mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni yil sayin ko’payib bormoqda. Bugungi kunda ular 10 million 200 ming kishidan oshdi yoki mamlakatimiz aholisining uchdan bir qismini tashkil etadi.

    Islom KARIMOV


    Darhaqiqat, bugungi kunda zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet xayotimizda mustahkam o’rin egalladi. Agar o’tgan asarning 90-yillarida yoshlarning sevimli mashg’uloti musiqa tinglash va telekursatuvlar ko’rish bo’lsa, endilikda kompyuter va internet tom ma’noda etakchilik qilmoqda. Bugungi kunda internetning zarur ma’lumot va axborot olish, bilim doirasi va dunyoqarashni kengaytirish borasida o’rni va ahamiyati beqiyosdir.