info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37
  • Odilov Azimboy Vazirlikning stipendiyasiga sazovor bo'ldi

    02-05-2017 1994

    Odilov Azimboy Vazirlikning stipendiyasiga sazovor bo'ldi

     O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish  vazirligining 2015 yil 22 dekabrdagi 352-sonli buyrug’iga asosan fanlarni o’zlashtirishdagi yuqori  ko’rsatkichlari, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, tanlovda tashabbus ko’rsatganliklari  hamda namunali xulqi va intizomi uchun 2015-2016 o’quv yilida TATU va uning xududiy filiallari  talabalaridan 7 nafar talabaga Vazirlikning stipendiyasi berildi. Ushbu talabalar orasida TATU  Urganch filialining 913-12 guruh talabasi Odilov Azimboyning borligi Filial professor-o’qituvchilari  va talabalariga eng yaxshi yangi yil tuhfasi bo’ldi.
     TATU Urganch filialining 2015 yil 30 dekabrdagi Ilmiy kengashida talaba Odilov Azimboyning  Vazirlikning stipendiyasiga sazavor bo’lganligi tantanali ravishda e’lon qilindi.

  • Mening o’g’lim –Vatan himoyachisi

    2016-01-13 2001

    TATU Urganch filialida O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 24 yilligi va “Vatan himoyachilari kuniga” bag’ishlangan “Tayanchim va suyanchim, fahru iftixorimsan, muqaddas Vatan!” shiori ostida “Mening o’g’lim –Vatan himoyachisi” deb nomlangan videokonferentsiya bo’lib o’tdi. Videokonferentsiyada TATU ning barcha filiallari va maxsus xarbiy fakultetning xarbiy xizmatchilari hamda kursantlari ishtirok etdi. Videokonferentsiyada TATU Urganch filiali direktori U.A.Xoitmetov boshchiligida filial professor-o’qituvchilari va muddatli xarbiy xizmatni o’tab talabalikka qabul qilingan talabalar shuningdek, mehmon sifatida Yangibozor tumani Jangchi fahriylar va nogironlar bo’limi ramsi A.Qodirov, zaqiradagi moyor S.Sarmisoqov va zahiradagi moyor M.Allayorov ishtirok etdilar. Videokonferentsiya so’ngida ishtirokchilarga bayram kontsert dasturi taqdim etildi.

  • Ona yurtni mard o’g’lonlar qo’riqlaydi

    2016-01-11 1975

    2016 yil 11-yanvarda TATU Urganch filialida 14-yanvar- Vatan himoyachilari kun va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 24 yilligi munosabati bilan “Ona yurtni mard o’g’lonlar qo’riqlaydi” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Tadbirda Shimoliy-G’arbiy okrugi Urganch Serjantlar tayyorlash maktabi direktorining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari podpalkovnik A.Bozorov va filial professor-o’qituvchilari hamda talabalari ishtirok qildi. Tadbirda podpalkovnik A.Bozorov bugungi kuda harbiy sohada olib borilayotgan ishlar va mamlakatimiz tinchligi yo’lida o’z jonini qurbon qilgan harbiy hizmatchilar to’g’risida ma’lumot berdi.

  • Vatanparvarlikni chinakkam e’tiqodga aylantiraylik

    2016-01-08 2399

    2016 yil 7 yanvar kuni TATU Urganch filiali ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari I.Yusupov rahbarligidagi bir guruh filial talabalari va xodimlari Shimoliy-G’arbiy harbiy okrugi Serjantlar tayyorlash maktabiga tashrif buyurdilar. Ular “Vatanparvarlikni chinakkam e’tiqodga aylantiraylik”, “Armiya – xalqimiz qalbi”, “Milliy armiyamiz - g’ururimiz” mavzularida serjantlar tayyorlash maktabi boshlig’i polkovnik Sh.Ilbaev va shaxsiy tarkib bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari podpolkovnik A.Bozorovlar hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazdilar. Shuningdek, kursantlar va ofitser serjantlar ga TATU Urganch filiali QVZ jamosining chiqishlari namoyish qilindi. Ular o’zlarining qiziqarli sahna ko’rinishlari bilan serjantlar tayyorlash maktabi shaxsiy tarkibiga quvonch va shodlik ulashdi.

  • Eng yaxshi pedagoglar aniqlandi

    2015-12-16 1847

    Eng yaxshi pedagoglar aniqlandi

    Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24-fevraldagi 32-sonli qaroriga asosan 2015-yildan boshlab O‘zbekistonda har yili “Oliy o‘quv yurtining eng yaxshi o‘qituvchisi” respublika tanlovi o‘tkaziladi. Bu yilgi tanlov ikki bosqichda o‘tkazildi. 1-apreldan 31-maygacha oliy o‘quv yurtlarining o‘tkazilgan ichki bosqichda ishtirokchilar tomonidan taqdim qilingan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-marifiy materiallar tahlil qilindi, shuningdek ochiq darslar o‘tkazildi va baholandi. 2−20-sentabr kunlari o‘tkazilgan Respublika bosqichida esa ishtirokchilarning taqdimotlari va oliy o‘quv yurtlarining tavsiyanomalari ko‘rib chiqildi, keyin qatnashchilar o‘z taqdimotlarini namoyish etdi.