info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

TATU Urganch filiali direktori tahsil olgan litseyiga kitoblar sovg'a qildi.

Har bir rahbar o’zining shaxsiy kutubxonasidan o’zi ta’lim olgan maktab, litsey, internat kutubxonasiga kitoblar sovg’a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo’lib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali direktori Maqsudbek Baydjanov o’zi o’qigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali akademik litseyiga shaxsiy kutubxonasidan o’zbek va jahon adabiyotining sara asarlaridan sovg’a qildi. Shu qatorda, Maqsudbek Baydjanov Prezident Sh.M.Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusining mazmun-mohiyatiga to’xtalib, yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari va ular uchun yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish zarurligi to’g’risida so’z yuritdi. Ushbu kitoblar litsey o’quvchilarini yanada chuqur bilim olishi, dunyoqarashini boyitishga yordam beradi.

admin | 09-04-2019 | 1401