info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

Malayziya UTM Universiteti delegatsiyasining Muhammad al- Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialiga tashrifi.

2019- yil 11- mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialiga Malayziya davlatining UTM Universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidagi UTM universitetining transnatsional ta’lim va strategiyasi bo’limi direktori- Pok Wei Fun,UTM universitetining Malayziya-Yaponiya xalqaro texnologik instituti direktori- Ali Bin Salemat,UTM universitetining transnatsional ta’lim va strategiyasi bo’limi menedjeri- Afanasiy LI larni Muhammad al- Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali direktori Maqsudbek Baydjanov kutib oldi. Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad Muhammad al- Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida UTM Universiteti filialini ochish, shuningdek universitet ilmiy salohiyatini oshirish bo’yicha qo’shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqishdan iborat bo’ldi UTM Universiteti delegasiyasi Muhammad al- Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali fakultet dekanlari va bo’lim boshliqlari bilan kengaytirilgan muzokaralar olib bordilar.

admin | 12-03-2019 | 957