info@ubtuit.uz
(0362) 224 61 37

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi

2019 yil 12 mart kuni Xorazm viloyatida ilk bor “Oila” ilmiy- amaliy tadqiqot markazi Xorazm viloyati boshqarmasi hamda Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali bilan hamkorlikda og’ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar ayniqsa, yosh oilalarga axborot-kommunikasiya texnologiyalari va psixologiya bilimlarini o’rgatish orqali o’z-o’ziga yordam ko’rsatish savodxonligini oshirishga qaratilgan bir haftalik o’quv kurslariga start berildi. Oila” ilmiy- amaliy tadqiqot markazi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari rivojlantirish vazirligi, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti va uning barcha filiallari, Toshkent shahridagi Inxa universiteti hamkorligida yana bir yangi loyihaga qo’l urilgani diqqatga sazovor.Loyihada qiyin ahvoldagi oilalar vakillariga qisqa muddatli o’quv kurslarida bir hafta mobaynida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’z-o’ziga tezkor yordam ko’rsatish ko’nikmalari o’rgatib boriladi.Bunda asosiy e’tibor,eng avvalo,kommunikasiya tizimlarining maqsad va vazifalari, jumladan, kompyuter va mobil qurilmalari, internet tarmog’i bilan ishlash malakasi, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlarning veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlarining o’rni va ro’li onlayn tarzda yo’lga qo’yilgan davlat xizmatlari ko’rsatish asoslariga qaratiladi. O’z navbatida, psixologik omillarga ham jiddiy ahamiyat qaratilib,ruhiy tushkunlikdan chiqishda elektron adabiyotlar, audio-video materiallarga murojaat qilish ko’nikmalaridan alohida saboqlar beriladi. Ochilish marosimida so’z olgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy- amaliy tadqiqot markazi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig’li R. Babajanov, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali direktori M. Baydjanov va boshqalar oila institutini mustahkamlash sohasiga eng ilg’or va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish kelgusida muayan natijalarga erishish garovi ekani xususida to’xtalib o’tdilar.

admin | 12-03-2019 | 2223